Humoyun Sultonov bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Malayziyada sovrin jamg‘armasi 15.000 AQSh dollari bo‘lgan xalqaro turnirning juftlik bahclarida Humoyun Sultonov va qozog‘istonlik Doniyor Duldaev tandemi mezbon tennischilar Kristian Oliver Li va Damen Rokkiga qarshi kortga chiqdi.
Chorak final yo‘llanmasi uchun bo‘lib o‘tgan bahsda Humoyun va Doniyor raqibalrini 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va yarim final uchun bo‘lib o‘tadigan bahsda avstraliyalik tennischilar Adam Taylor va Jason Taylor bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.


Izohlar (0)