Isroil Madrimov saltolar sirini ochdi

  • 16.05.2017 22:20
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Butunjahon boks seriyalari (WSB) VII mavsum chorak finalning dastlabki uchrashuvi doirasida “Uzbek Tigers” a’zosi Isroil Madrimov (75 kg) amaldagi chempion “Cuba Domadores” bokschisi, Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Arlen Lopesni mag‘lubiyatga uchratgan edi.

 

Iste’dodli bokschimizning O‘zbekiston terma jamoasi va “Uzbek Tigers” tarkibidagi janglari muxlisu mutaxassislar o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘layotganini inobatga olgan SPORTS.uz axborot portali Isroil Madrimovdan ekslyuziv intervyu oldi.

Suhbat chog‘ida Isroil hali biror ommaviy axborot vositasida e’lon qilinmagan ajoyib ma’lumotlar, ringdagi saltolar, o‘zi yoqtirgan futbolchilar, nimadan qo‘rqishi va kubalik bokschini mag‘lub etish sirini oshkor qildi.

Tez orada ushbu suhbat SPORTS.uz axborot portali o‘quvchilari e’tiboriga o‘zbek, rus va ingliz tilida havola etiladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!