Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Istomin Istanbulda kurashga kirishdi

Izohlar: 0

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Turkiyaning Istanbul shahrida start olgan "Chellenjer" turkumiga kiruvchi turnirdagi yurishini boshladi.

Hamyurtimizga ilk davrada frantsiyalik Vintsent Millot raqiblik qildi. Ilk setni tay-brekda 6:7 hisobida imkoniyatni boy bergan farang tennischisi shundan so‘ng uchrashuvni davom ettira olmasligini ma’lum qildi.

Bunga qadar tennischilar 58 daqiqa kortda ter to‘kishga ulgurishgan edi. Endi Denisga ikkinchi davrada rossiyalik Roman Safiullin raqiblik qiladi.

Mazkur bellashuv ertaga Toshkent vaqti bilan soat 14.20 da start olishi rejalashtirilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q