Istomin finalda!
Oldin xabar berib o‘tganimizdek, Xitoyning Chengdu shahrida ATP turkumidan o‘rin olgan turnir davom etmoqda.
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin kecha mukofot jamg‘armasi 1 mln dollardan ziyod summani tashkil etuvchi turnir finaliga chiqdi.
Yarim final bosqichida hamyurtimizga yaponiyalik Yuichi Sugita raqiblik qildi. 1 soat 38 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda hamyurtimiz 6:2, 6:7, 6:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Endi Istominga finalda kiprlik Markos Bagdatis raqiblik qiladi.


Izohlar (0)