Istomindan keyin Jokovichni kim engdi?
Meksikaning Akapulko shahrida Professional tennischilar uyushmasi - ATR musobaqalari taqvimidan joy olgan "Abierto Mexicano Telcel - 2017" xalqaro turnirda birinchi raqamda saralangan serbiyalik Novak Jokovich musobaqani tark etdi.
Mukofot jamg‘armasi 1 491 310 AQSh dollari bo‘lgan musobaqada birinchi raqamda saralangan serbiyalik Novak Jokovich joriy yildagi birinchi mag‘lubiyatini Avstraliya ochiq chempionatida hamyurtimiz Denis Istomindan qabul qilgandi.
Meksikadagi turnir chorak finalida avstraliyalik Nik Kiros ajoyib o‘yini bilan Novak Jokovichni mag‘lub etdi.

Natijalar quyidagicha bo‘ldi:
Rafael Nadal (Ispaniya, 2) — Yosixito Nisioka (Yaponiya, Q) 7:6 6:3
Sem Kuerri (AQSh) — Dominik Tim (Avstriya, 4) 6:1 7:5
Nik Kiros (Avstraliya, 6) — Novak Djokovich (Serbiya, 1) 7:6 7:5

Fikrlar