Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Istomindan omad yuz o‘girdi

Izohlar: 0
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Tailandda o‘tkazilayotgan "Bangkok Challenger - 2017" xalqaro turnirini erta tark etishga majbur bo‘ldi.
Yakkalik bellashuvlarida ikkinchi raqamda saralangan hamyurtimiz dastlabki uchrashuvda mezbonlar vakili Gongsup Gongkarni 6:0, 6:1 hisobida enggan edi.
Ikkinchi davrada Denis Istomin chililik Kristian Garin bilan kuch sinashdi. Uchrashuvning birinchi setida hamyurtimiz 6:3 hisobida zafar quchgan bo‘lsa-da, ustunlikni ushlab qola bilmadi. Garin qolgan ikki setni 6:4, 7:5 hisobida o‘z foydasiga hal qilib, keyingi davraga o‘tdi.
Denis Istomin 16 yanvar kuni boshlanadigan "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining asosiy to‘r o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q