Istominning enggan tennischi finalga chiqolmadi
Dunyoning etakchi tennischilari qatnashayotgan Birlashgan Arab Amirliklaridagi "Dubai Duty Free Tennis Championships - 2017" xalqaro turnirida birinchi finalchi aniqlandi.
Mukofot jamg‘armasi 2858530 AQSh dollari bo‘lgan turnir davomida O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkachisi Denis Istominni mag‘lub etgan niderlandiyalik Robin Xase yarim finalda ispaniyalik Fernando Verdaskoga qarshi o‘ynadi.

Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda ispaniyalik tennischi 7:6, 5:7 6:1 hisobida zafar quchdi va finalga chiqdi. Uning finaldagi raqibi britaniyalik Endi Marrey va frantsiyalik Lyuka Pui uchrashuvida aniqlanadi.

Izohlar (0)