Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Ixtiyor oltin medal uchun kurashadi

Izohlar: 0

Hindistonda yunon-rum, erkin va ayollar kurashi bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Erkin kurash bo‘yicha 70 kilogramm vazn toifasida mamlakatimizning eng kuchli kurashchilaridan bo‘lgan Ixtiyor Navro‘zov oltin medal uchun kurashadigan bo‘ldi.

Saralash uchrashuvlarida Janubiy Koreya vakili Gunvu Lini 10:2, eronlik Hamid Xushang Rashidiyni 9:8 va yarim finalda tojikistonlik G‘ulomjon Sharipovni 9:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqdi.

Ixtiyor polvon hal qiluvchi bahsda qozog‘istonlik Akjurek Tanatarov bilan raqobatlashadi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q