Jahon chempionati: Uch jangda uch g‘alaba

  • 21.11.2016 09:40
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi 20-jahon chempionatining to‘rtinchi kunida ringga chiqqan uch nafar hamyurtimiz raqiblari ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. 

Musobaqada 60 kilogramm  vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bilolbek Mirzarahimov chempionatdagi ishtirokini qozog‘istonlik Sanatali Toltaevga qarshi bahs bilan boshladi. Jangda raqibidan har tomonlama ustunligini namoyish etgan hamyurtimiz 5:0 hisobida zafar quchdi. 

O‘zbekistonliklar uchun eng qulay  - 75 kilogramm vazn toifasidagi janglarda qatnashayotgan Shohruh Rustamov o‘zining ikkinchi jangini ozarbayjonlik Rasim Chobanliga qarshi o‘tkazdi. Birinchi jangda  bolgariyalik Egor Skamaroxovni musobaqadan chiqarib yuborgan hamyurtimiz bu gal ham 5:0 hisobidagi g‘alaba bilan keyingi bosqichga o‘tdi. 

 69 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Ulug‘bek Sobirov ikkinchi saralash bellashuvida jazoirlik Samir Mekaouche bilan kuch sinashdi. Hakamlar barcha raundlarda ustunligini ko‘rsatgan o‘zbek bokschisining 5:0 hisobidagi g‘alabasini e’tirof etdi. 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!