Jahonning ikkinchi raketkasi sharmanda bo‘ldi
Kecha oqshom AQShning Tsintsinnati shahrida sovrin jamg‘armasi 2 536 154 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnir o‘z nihoyasiga etdi.
Finalda turnirda 4-tartib raqami ostida saralangan Garbine Mugurusa xamda jahonning ikkinchi raketkasi Simona Xalep o‘zaro bahs yuritishdi. E’tiborlisi, Uimbldon-2017 turnirining g‘olibi bo‘lgan Mugurusa nomdor raqibidan sira hayiqmadi va 56 daqiqa ichida raqibasiga faqat bir geymni boy berdi xolos.
Shu tariqa, Mugurusa mavsumdagi ikkinchi, faoliyatidagi esa beshinchi sovrinni qo‘lga kiritdi.
Garbine Mugurusa (Ispaniya) – Simona Xalep (Ruminiya) 6:1, 6:0.

Izohlar (0)