Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Jek Sokka g‘alaba tatimadi

Izohlar: 0

Tennis bo‘yicha AQShning Delrey Bich shahri mezbonlik qilgan "Delray Beach Open - 2017" xalqaro turniri bosh sovrini mezbon tennischi Jek Sokka nasib qildi. Biroq, bu g‘alaba tennischiga ta’timadi.

Mukofot jamg‘armasi 534 625 AQSh dollari bo‘lgani musobaqada birinchi raqamda saralangan kanadalik Milosh Raonich mezbonlar vakiliga qarshi final uchrashuviga chiqmadi va Jek Sok kurashsiz g‘olib bo‘ldi.

- Milosh Raonich finalga chiqmaganidan afsusdaman, - dedi Jek Sok. - Men bu sovrinni kortdagi g‘alaba evaziga olmoqchi edim.

O‘z navbatida kanadalik tennischi o‘ng oyog‘idagi jarohat bezovta qilgani bois hal qiluvchi o‘yinga chiqmaganini ma’lum qildi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q