Jek Sokning raqibi kim?
Frantsiyaning Parij shahrida “Masters” turkumiga kiruvchi musobaqaning final bahsida serbiyalik Filip Krainovich va AQSh vakili Jek Sok ishtirok etadi.
Sovrin jamg‘armasi 4.507.375 evro bo‘lgan turnirning yarim finalida Filip AQSh sharafini himoya qilgan Jon Iznerni 6:4,6:7,7:6 hisobida engan bo‘lsa, Jek mezbon tennischisi Jyulen Bennetoni 7:5,6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Filip Krainovich va Jek Sok musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida raqobatlashadigan bo‘ldi.


Izohlar (0)