Jokovich Denis Istominni kutmoqda
"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining yakkalik bahslarida ikkinchi raqamda saralangan serbiyalik Novak Jokovich dastlaki bosqichda ispaniyalik Fernando Verdasko bilan kuch sinashdi.
Ushbu uchrashuvda faqat ikkinchi set keskin va murosasiz kurash ostida o‘tdi. Dastlabki setda 1:6 hisobida yutqazgan Fernando Verdasko keyingi partiyada kuchli raqibiga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Biroq, Jokovich ikkinchi setni ham 7:6 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
Dastlabki ikki partiyani boy bergan Verdasko uchinchisida deryali qarshilik ko‘rsatmadi va 2:6 hisobida taslim bo‘ldi.

Novak Jokovich musobaqaning ikkinchi bosqichida o‘zbekistonlik Denis Istomin va xorvatiyalik Ivan Dodig uchrashuvida g‘olib chiqqan tennischiga qarshi kortga chiqadi.Ayni paytda Denis Istomin va Ivan Dodig uchrashuvi davom etmoqda va hamyurtimiz hisobda oldinda borayotir.


Izohlar (0)