Karolin Garsiya ishonchni oqladi
Zohir2018
Frantsiyaning Parij shahrida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirida ikkinchi davra bahslari qizg‘in pallaga kirdi.
Musobaqaning mazkur bosqichidamezbon tennischi Karolin Garsiya xitoylik Pen Shuayni 6:4, 3:6, 6:3 hisobida taslim qildi.
Endi Garsiya Frantsiya ochiq chempionatining uchinchi bosqichida ruminiyalik Irina-Kameliya Begu, yoki yana bir xitoylik tennischi Jan Shuayga qarshi kortga chiqadi.

Izohlar (0)