Karolin Voznyatski "Rolan Garros"da eng tezkor g‘alabaga erishdi
Zohir2018
Parij shahrida o‘tayotgan turnirning ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda ikkinchi davra bahslari davom etmoqda.
Ushbu bosqichda daniyalik Karolin Voznyatski va ispaniyalik Georgina Garsiya-Peres o‘zaro raqobatlashdi. Qariyb bir soat davom etgan o‘yinda Karolin raqibiga bor yo‘g‘i bitta geymni boy berdi va uchinchi davraga yo‘l oldi.
Endi u "Rolan Garros" musobaqasining navbatdagi bosqichda frantsiyalik Alize Korne va Polin Parmente uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Izohlar (0)