Kelishilgan o‘yinlar mojarosi avj olmoqda
Ispaniya politsiyasi "Fyuchers" va "Chellenjer" turkumlaridagi xalqaro turnirlarda kelishilgan o‘yinlarni tashkil qilgan 34 kishini qo‘lga oldi. Politsiya asosan Ispaniya va Portugaliyadagi turnirda noqonuniy pul ishlaganlarni hibsga olgan.
Mahkamaga olib ketilganlar orasida olti nafar tennischi ham borligi aytilmoqda. Bu jinoiy guruh 500 ming evrodan ko‘p mablag‘ topgan. Ular 17 ta uchrashuvning natijasiga ta’sir o‘tkazgan.
Nopok yo‘l bilan pul topayotgan tennischilar orasida Ispaniyada ancha mashhur bo‘lgan sportchilar ham borligi aytilmoqda.

Fikrlar