Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Umarali Rahmonaliev boshqa klubga o‘tishi mumkin

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Harakat boshlandi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Umarali Rahmonaliev faoliyatini yana o‘zgarish bo‘lishi kutilyapti.

Ozarbayjonning Sport24.az nashri ishonchli manbadan olgan ma’lumotlariga ko‘ra,  23 yoshli yarim himoyachi manfaatlarini himry qilayotgan agentlar uning xizmatlarini Rossiyaning “Rubin” va “Krasnodar” klublariga taklif qilgan.

Hozircha ushbu klublar futbolchi borasida qanday qadamlar tashlashi noma’lum. Tomonlar o‘rtasida ehtimoliy hamkorlik amalga oshish-oshmasligi esa yaqin kelajakda ma’lum bo‘ladi.

Rahmonaliev uchun Rossiya futboli begona emas. U “Sabah” jamoasiga o‘tishidan avval, 2023–2025-yillarda “Rubin” safida to‘p surgan.

“Krasnodar” varianti borasida esa e’tiborga molik jihat shundaki, jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Murad Musayev hisoblanadi. Rossiyalik mutaxassis avval “Sabah”da ishlagan va Boku klubining futbol muhiti bilan yaqinidan tanish.

Hozirgi jamoasi safida Ozarbayjon chempioni va mamlakat kubogi sohibi bo‘lgan o‘zbek futbolchisi uchun joriy mavsum ancha muvaffaqiyatli davom etmoqda. Iste’dodli yarim himoyachimiz jamoasi bilan birga Yevropa Chempionlar ligasining saralash turniridan muvaffaqiyatli o‘tib, umumiy guruhda ishtirok etmoqda.

Shuningdek, “Sabah” o‘zbek futbolchisi yordamida amaldagi chempionlik unvonini munosib himoya qilyapti.

Yaqinda Umarali Rahmonaliev Fransiyaning “Lans” klubi nazariga tushgani haqida ham ma’lumotlar tarqatilgan edi. Shu bois, o‘zbekistonlik charm to‘p ustasining “Sabah”dagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.

Umarali Rahmonaliev joriy mavsum barcha musobaqalarda 17 ta uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi. U O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida to‘rtta xalqaro uchrashuvda maydonga tushgan.

Abbosbek Fayzullaevning jarohati haqida ma’lumot chiqdi

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q