Kikboksingchilar saralandi
Poytaxtimizdagi “Unversal” sport majmuasida kikboksing bo‘yicha kadetlar, o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, mamlakatimix havaskor va professional kikboksing assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada 1200dan ortiq sportchilar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.
– Mazkur mamlakat chempionati keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tdi, – deydi murabbiy Mansur To‘g‘izboev.
– Chempionat davomida ko‘plab iqtidorli sportchilar saralab olindi va terma jaoma safiga qabul qilindi. Professional sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda ko‘plab shogirdlarim muvaffaqiyatli ishtirok etib, ishonchimizni oqladi.
Shiddatli bahslarga boy o‘tgan mazkur musobaqada Sherali Musaev, Furqatbek Yoqubov, Muslim Omonov, Ro‘zimurod To‘raqulov, Sherzod Abdullaev, Dilshod Sodiqov, Baxtiyor Usmonov, Sherzod Ro‘ziboev, Nodir Ernazarov, Azizbek Bekmatov, Jahongir Husanov g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy egalladi.

Fikrlar