Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Klichko: Meyvezer boshqa ringga qaytmaydi

Izohlar: 0

Sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning boshqa ringga qaytmasligini ishonch bilan aytib o‘tdi.

Amerikalik sportchi 2015 yil sentyabr oyida boksni tark etganini ma’lum qilgan edi, biroq irlandiyalik Konor Makgregor bilan urushish uchun joriy yilning 26 avgustida ringga qaytgan edi.

Las-Vegasda o‘tgan jangning 10-raundida Meyvezer raqibini texnik nokautga uchratgan edi.

– Floyd bu safar to‘liq ishonch bilan so‘nggi jangi ekanligini aytgan edi. Shubha qilishga hech qanday asos qolmadi, – deya Klichkoning so‘zlarini keltiradi TASS nashri.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q