Kuchli tennischi zo‘rligini isbotladi
Marokashda ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Grand Prix De SAR La Princesse Lalla Meryem - 2017" tennis turniri rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkova g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mukofot jamg‘armasi 226 750 AQSh dollari bo‘lgan musobaqada birinchi raqamla saralangan rossiyalik raketka ustasi barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi.
Toshkentda tug‘ilgan tennischi nufuzli turnir finaliga chiqolmadi
Anastasiya Pavlyuchenkova final bahsida italiyalik Francheska Skyavone bilan bellashdi. Bir soatu 43 daqiqa davom etgan final o‘yinida rossiyalik tennischi 7:5, 7:5 hisobida zafar quchdi va faoliyati davomidagi o‘ninchi sovriniga ega bo‘ldi.

Izohlar (0)