Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Lopesning ertagi finalda tugadi

Izohlar: 0

Germaniyaning Shtuttgart shahrida davom etayotgan ATP tasnifidagi “Mercedes Cup - 2017” xalqaro turnirida ispaniyalik Felisyano Lopes nomdor raqiblarini mag‘lub etib, finalga chiqqan edi.

Mashhur tennischilar kushandasi finalga chiqdi

Ispaniyalik iste’dodli tennischi turnir davomida frantsiyalik Jeremi Shardini 6:3, 3:6, 6:2, Jil Simonni 6:3, 6:3, chexiyalik Tomash Berdixni 6:7, 6:3, 6:4, germaniyalik Misha Zverevni 6:7, 7:6, 7:5 hisobida engdi.

Felisyano Lopes hal qiluvchi bellashuvda frantsiyali Lyuka Pui bilan raqobatlashdi. Biroq bu uchrashuvda sensatsiya ro‘y bermadi va Lyuka Pui raqibini 4:6 , 7:6, 6:4 hisobida engib, bosh sovringa ega chiqdi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q