Mahmud Murodov David Ramiresdan revansh olishga harakat qiladi
Xabaringiz bor, aralash yakkakurash janglarida (MMA) faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik Mahmud Muradov (13-6, KO6) navbatdagi jangini Chexiya poytaxti Pragadagi "O2 Arena"sida o‘tkazadi. 7 dekabrga mo‘ljallangan mazkur jangda sportchimizga braziliyalik David Ramires raqiblik qiladi. Avvalroq uning mezbon sportchi Karlos Vemoluga ringga chiqishi taxmin qilingan edi.
Murodov va Ramires o‘tgan yilning dekabr oyida ham to‘qnash kelishgan edi. O‘shanda jarohati bilan ringga chiqqan Mahmud jangni davom ettira olmagan va braziliyalik yakkakurashchi g‘oliblik bilan bilan XFN (X Fight Nights) kamarini ham qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Mahmud Murodov XFN (X Fight Nights) tashkiloti bilan tuzilgan shartnomasiga ko‘ra, bu jang so‘nggisi bo‘ladi. Hozirgacha u XFN turnirida 3 ta jang o‘tkazib, 2 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat qayd etgan.
Ma’lumot uchun: X Fight Nights MMAning yangi, professional va o‘zini-o‘zi moliyalashtiradigan ligasi hisoblanadi. XFN arenalarida jahon darajasidagi eng yaxshi jangchilar o‘zaro to‘qnash keladilar. XFN sportda endi porlayotgan yulduzlar ajoyib imkoniyat hamdir.

Fikrlar