Maradona Jokovichni qidiryapti

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
 
Argentinalik mashhur futbol yulduzi Diego Maradona tennis olami vakili Novak Jokovichga bo‘lgani hurmati va taniqli raketka ustasining futbolkasini olmochi ekani haqida gapirib berdi.
 
- Men Novak bilan uzoq yillar muqaddam Abu-Dabida uchrashib qolgandim, - deydi Diego Maradona. - O‘shanda u hali tennis cho‘qqisiga chiqmagan edi. Lekin men uni birinchi raqamli raketka ustasiga aylanishini his qilganman. Biz tennis va futbol o‘ynab, kunni birga o‘tkazdik. Jokovich bolaligida bomba tushmagan maydona qidirganini aytganda juda ta’sirlanganman. Bir kuni Novak argentinalik jurnalistdan mening futbolkam kerakligini aytvoribdi. To‘g‘risini aytsam, menga ham Novakning futbolkasi kerak.
 
Maradona serbiyalik tennischini topib, undan imzosi tushirilgan futbolkasini olishini aytdi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!