Mariya Sharapova: Menga kuchli erkak kerak

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

 

Rossiyalik tennis malikasi Mariya Sharapova yaqin kunlar ichida yana katta tennisga qaytadi. Taqiqlangan modda iste’mol qilganlikdan ayblanib, qariyb bir yarim yilga tennisdan chetlatilgan Mariya bu vaqt mobaynida o‘ziga yor qidirganini aytib o‘tdi.

- Tennisdan tashqaridagi hayotim ham voqealarga boy bo‘ldi, - deydi Mariya Sharapova. - Men bir nechta yigitlar bilan uchrashdim. Lekin hamon boshim ochiq. Menga mustahkam xarakterga ega bo‘lgan kuchli erkak kerak. Ijobiy hislatlarimni qadrlaydigan inson bilan turmush qurishni istayman. Asosli bo‘lsa tanqidni ham ko‘taraman. Shu o‘rinda, o‘zimni go‘zal ayol, deb hisoblamayman. Onam menga ichki go‘zallik tashqisidan ahamiyatliroq ekanini uqtirgan.

Mariya Sharapova diskavalifikatsiyadan keyingi ilk uchrashuvini 26 aprel kuni Shtutgartdagi turnida o‘tkazadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!