Mariya Sharapova qaerda o‘ynashini aytdi

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova 14-20 may kunlari Rimda va 23-29 aprel kunlari Shtutgartda o‘tadigan turnirlarda ishtirok etishini xabar qildi.

Rimdagi musobaqada amerikalik Serena Uilyams va belaruska Viktoriya Azarenko ham ishtirok etadi.

Shtutgartdagi turnir Sharapova uchun juda muhimdir. Sababi, u o‘tgan yilgi musobaqada yarim finalgacha etib borgan. Agar u mazkur musobaqani erta tark etsa, muhim ochkolaridan ayriladi.

Shuningdek Mariya va Viktoriya  "Rolan Garros"da ishtirok etish uchun ariza topshirgan, Serena esa hali bunday ishni qilmagan.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!