Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Mashhur chempion oltin kamaridan voz kechadi

Izohlar: 0

Professional boksning WBO yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rta vazn chempioni Saul Alvares (48-1-1, 34 KO) bu chempionlik kamaridan voz kechishini ma’lum qildi.

Meksikalik bokschining bu qarori og‘irligini oshirib, bundan buyon o‘rta vaznda ringga chiqishni rejalashtirayotgani bilan bog‘liq.

Jahon reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan Saul Alvares 6 may kuni o‘z hamyurti Xulio Sezar Chaves (50-2-1, 32 KO) bilan o‘rta vaznda jang o‘tkazadi.

- Bu jangdan keyin o‘rta vaznda qolaman, - dedi Saul Alvares. - Hozirgi chempionlik kamarimni boshqa himoya qilmayman va uni topshiraman.

O‘rta vaznda chempionlik kamarlarining aksariyatini qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin (36-0, 33 KO) egallab turibdi. Saul Alvares bu yil Golovkinga qarshi jang o‘tkazishni reejalashtirmoqda.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q