Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Mayk Tayson yosh bokschilarni kuzatib bormoqda

Izohlar: 0

Boks bo‘yicha super og‘ir vazn toifasining sobiq mutloq jahon chempioni amerikalik Mayk Tayson Moskvada o‘tgan forumda yosh bokschilar bilan ishlashni maqsad qilganini ta’kidlab o‘tdi.

Tayson professional ringda 58 jang o‘tkazib, 50 g‘alaba (44 nokaut) qayd etgan. U og‘ir vaznda WBC, WBA, IBF va The Ring chempionlik kamarlariga egalik qilgan. 2005 yilda bokschi faoliyatini yakunlagan.

– Men kuzatib kelayotgan bir nechta yosh bokschilar bor, – deya Taysonning so‘zlarini keltiradi TASS nashri. – Ularning hammasi AQShda. Men murabbiyim Kas D’Amatodek bo‘la olmayman, ammo ular uchun aniq nimadir qilib beraman.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q