Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Messi Argentinani qutqara oladimi?

Shahzod
Izohlar: 0

Messi o‘zining nimalarga qodir ekanligini Rossiyada isbotlashga harakat qiladi. Ammo bizningcha, «o‘zga sayyoralik» hamda Argentina jamoasida imkoniyatlari yuqori emas.

FIFA kunlari doirasidagi eng shov-shuvli voqea bu, albatta, Argentina terma jamoasining Ispaniyaga katta hisobda mag‘lub bo‘lishidir. Bu terma jamoalar bir-biri bilan ko‘p uchrashishgan. Goh u, goh bu jamoa g‘alabaga erishadi. Ammo bunday yirik hisobni ispanlarning o‘zlari ham kutishmagani aniq.

Bundan fojea yasash kerakmi yoki yo‘q?

Argentina terma jamoasi juda ham kuchli tarkibga ega bo‘lib ulgurdi. Ular Jahon Chempionati favoritlari deb ta’riflanayotgan edi. Ayniqsa, Messi bu oltin medal uchun eng so‘nggi imkoniyat ekanligini bot-bot aytayotgan bir paytda termaning sharmandali o‘yini mutaxassislar va jurnalistlar o‘rtasida keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

Bungacha Argentina jamoasi 5 to‘p farqi bilan 4 bor mag‘lub bo‘lgan. 1958 yilda Chexoslavakiya 6:1 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, bir yil o‘tib Urugvay 5:0 hisobida g‘alaba qozongan. 1993-yil Argentina Kolumbiyadan alamli mag‘lubiyatni qabul qilgan bo‘lsa, Boliviya 2009-yilda shu natijani takrorlagan. Argentina termasi bu mag‘lubiyatda ikki vaj keltirishishi mumkin. Ular bu o‘yin shunchaki o‘rtoqlik o‘yini hamda Messining o‘ynamaganini o‘z mag‘lubiyatlarini yashirishda qurol vazifasida foydalanisha oladi. 

Messi uning elkasida juda og‘ir yuk turganini, usiz Argentinadek jamoa o‘rtamiyona jamoaga aylanib qolishiga yana bir bor amin bo‘ldi. Diego Kosta Messini kamroq tanqid qilish kerakligini, uning jamoasi «Barselona» hujumchisisiz juda kuchsiz ekanligini aytib o‘tdi. Messi o‘yinni oxirigacha ko‘ra olmay maydonni tark etdi.

Argentinaning bu JChda chempion bo‘lishi - afsonadek. Mutaxassislar bu mag‘lubiyatda Sampaolining o‘ta bosiq va haddan ziyod o‘ziga ishongani bilan izohlashmoqda.

Sampaolining so‘zlari shuni aytmoqdaki, u Messiga ishonadi va uning nazarida Messi maydonda harakat qilsa, barcha muammolar echimini topib ketadi. Jamoa bemalol g‘oliblik uchun kurasha oladi. Hozirgi Argentina-Messi jamoasi ekanligini yashirmoqchi emas.

Nahotki, butun terma bir o‘yinchiga bog‘liq bo‘lsa?

Albatta, bunday mas’uliyat terma jamoa «lider»i uchun kuch beradi. O‘ziga ishonchini oshiradi. Bizni boshqa jihat o‘ylantirmoqda. Argentina termasi bir futbolchiga qaram jamoami? Agar gap Misr yoki Janubiy Koreya termasi, Eron va Afrikaning qolgan jamoalari haqida ketganida, tushunsak bo‘lar edi. Qolaversa, Argentinada Messidan boshqa futbolchilar ham dunyo tan olgan futbolchilardan hisoblanadi,

Menimcha Argentinaning hozirgi holatida murabbiy aybni o‘z bo‘yniga olsa bo‘ladi. Birinchidan Ikardining jamoaga jalb etilmagani, Dibala uchun maydondagi vazifa noto‘g‘ri berilayotganini aytib o‘tishimiz lozim. Sampaoli terma jamoa uchun kerakli jihatlarni ko‘ra olmayapdi. Tarkib va taktika tanlashda katta xatoga yo‘l qo‘ymoqda.

Aynan terma jamoa murabbiylari sababli, Argentinadek jamoa o‘z o‘yinini ko‘rsata olmayapdi. Messi superyulduz bo‘lsin, jahonning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgani bilan, u 11 kishi uchun o‘ynay olmasligini Sampaoli va barcha murabbiylar tushunib etish vaqti etmadimi? O‘zingiz o‘ylang, kecha Messi bo‘lganida hisob 7:6 bo‘larmidi? Yo‘q!

To‘g‘ri u maydonning barcha qismida harakat qiladi. Himoyaga qaytadi, hujumni boshlab beradi, yakuniga etkazadi. Faqat darvozabonning vazifasini bajarmaydi. Xo‘p, shuncha vazifa bajarsin. Messining terma jamoadagi o‘rnini Sampaoli qaerda tasavvur qilmoqda. U maydonning markazida hujum tashkillashtirsa, hujumni kim yakunlaydi. Qanotdan hujumga o‘tsa, to‘pni kim etkazib beradi. Himoyadan to‘pni olib chiqsa, kimga oshiradi? Jarohat olib o‘yinni tark etsa, o‘yin o‘sha erda tugatiladimi?

Chili termasi bilan erishgan ulkan natijalari murabbiyning salohiyatini belgilab beradi. Ba’zi terma jamoa murabbiylari kuchli jamoalarda ishlashni hush ko‘radi. Ular bilan omadi yurishadi. Sampaoli ham shundaylar safiga kirar, balki.

Sampaoli murabbiylik qilayotgan Argentina terma jamoasi eng so‘nggi daqiqalargacha Jahon Chempionati yo‘llanmasini naqd qila olmadi. Messining qahramonligi tufayli Rossiya yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgach, mutasaddilar Sampaolining javobini berishi kerak edi, nazarimizda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q