Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Meyvezer - Makgregor bahsida kim yutadi?

Izohlar: 0

Engilmas professional bokschi Floyd Meyvezer va aralash jang ustasi Konor Makgregor jangi bugungi kunda yakkakurashlar olasida jng ko‘p bahs-munozaraga sabab bo‘layotgan voqea hisoblanadi.

Har ikki sportchi ham o‘zaro kuch sinashish istagini bildirgan. Xususan, faoliyatini yakunlagan Floyd Meyvezer faqatgina Makgregorga qarshi bo‘ladigan jang uni ringga qaytirishi mumkinligini aytgan. Konor esa Floyd bilan bellashish uchun bokschilik litsenziyasini oldi.

Aralash jang san’atlari - UFC bo‘yicha yarim engil vazndagi chempion Joze Aldu ikki sport yulduzining o‘zaro bahsi haqida gapirdi.

- Bu jang hali tashkil etilgani yo‘q, - dedi Joze Aldu. - Bu borada ayrim muammolar bor. Shunday bo‘lsa-da, agar Konor va Floyd ringga chiqib, boks tushsa, Makgregorda g‘alaba qozonish uchun hech qanday imkoniyat bo‘lmaydi. Konor zamonamizning eng kuchli professional bokschi bilan qanday qilib boks tushmoqchi? Buni aqlimga sig‘dirolmayman.

Meyvezer professional boksda 49 ta jangning barchasida zafar quchgan. Konor agar Floydga qarshi jang bo‘lma-sa, Meyvezerning azaliy raqibi Menni Pakyaoga qarshi ringga chiqishini ma’lum qilgan.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q