Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Meyvezer: Konor mard bo‘lsa jang shartnomasini

Izohlar: 0

Professional boks bo‘yicha besh vazn toifasi chempioni bo‘lgan Floyd Meyvezer aralash jang san’atlari ustasi Konor Makgregor u bilan jang qilishdan qochib yurganini e’lon qildi.

- Konor Makgregor men bilan jang qilishni istamayapti, - dedi Floyd Meyvezer. – Agar u jang bo‘lishini xohlasa shartnomani imzolasin. Shu bilan hammasi hal bo‘ladi. Men bugunoq jang bitimini imzolab, faksdan uni Konorga jo‘nataman. Ko‘ramiz nima qilarkin. Hozir Konor mening nomimni sotib pul ishlash bilan band. O‘z vaqtida Menni Pakyao ham huddi shunday qilgandi.

Meyvezer professional bokschilik faoliyatini to‘xtatgan bo‘lsa-da, Konor Makgregor bilan jang qilish uchun ringga qaytishga rozi bo‘lgan. Uning talabiga ko‘ra jang boks qoidalari asosida o‘tishi kerak. O‘z navbatda Konor Makgregor professional bokschilik faoliyati uchun litsenziya ham oldi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q