Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Meyvezer: Makgergorning sparringda raqibini nokatga uchratganiga ishonmayman

Izohlar: 0

Amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezer Konor Makgregorning sparring vaqtida raqibini nokautga uchratganiga ishonmayapti. Avvalroq amerikalik bokschi Jessi Vargas irlandiyalik sportchining sparringda nokautga uchratganini aytgan.

– Men bunga ishonmayman. Sababi videolavhani ko‘rganim yo‘q. Biz Jessi bilan hamkorlikdagi ishni muhokama qilyapmiz. Men u bilan birga ishlashni xohlayman. Ammo yuqoridagi gap-so‘zlarga ishonmayman, – deya Meyvezerning so‘zlarini keltiradi Fight Hype nashri.

Eslatib o‘tamiz, Meyvezer – Makgregor jangi 26 avgust kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q