Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Mezbonlar mehmonlarga "non" bermayapti

Izohlar: 0

Tennis bo‘yicha AQShning Delrey Bich shahri mezbonlik qilayotgan "Delray Beach Open - 2017" xalqaro turnirida mezbon tennichilari muxlislari ishonchini oqlamoqda.

Mukofot jamg‘armasi 534 625 AQSh dollari bo‘lgani musobaqaning ikkinchi davrasida dastlabki uchta uchrashuv o‘tkazildi va unda amerikalik tennischilarning qo‘li baland keldi.

Xususan, uchinchi raqamda saralangan Jek Sok ispaniyalik Gilermo Garsiya-Lopesni 6:4, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Beshinchi raqamli Stiv Jonson esa yaponiyaliklar Yosixito Nisiokani 6:4, 6:1 hisobida engib, musobaqadan chiqarib yubordi.

Osiyo qit’asining yana bir vakili Lu Yansyun (Tayvan) britaniyalik Kayl Edmundga 3:6, 6:3, 2:6 hisobida yutqazganidan so‘ng turnirni tark etdi.

Ikkinchi davra o‘yinlari davom etmoqda.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q