Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Millionerlar turniri finalida ikki ispan o‘ynaydi

Izohlar: 0

Dunyoning eng kuchli tennischilari ishtirokida o‘tkazilayotgan Monakodagi "Masters" turkumiga kiruvchi "Monte-Carlo Rolex Masters - 2017" turniri finalchilari aniqlandi.

Mukofot to‘rt yarim million AQSh dollaridan oshiq bo‘lgan musobaqaning bosh sovrini uchun Ispaniya tennischilari - Rafael Nadal va Alberto Ramos o‘zaro kuch sinshanadigan bo‘ldi.

Musobaqaning yarim final bosqichida Alberto Ramos frantsiyalik Lyuka Puini 6:3, 5:7, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Rafael Nadal esa belgiyalik David Goffenga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:3, 6:1.

Jokovichni yana hafa qilishdi

Bu ikki ispaniyalik tennischi bungacha ikki marotaba o‘zaro to‘qnash kelgan va har ikki bahsda tajribaliroq bo‘lgan Rafael Nadalning qo‘li baland kelgan.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q