Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Mirobodlik kikboksingchilar (foto)

Izohlar: 0

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabida kikboksing bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 60 nafar bola ishtirok etdi. Sport maktabida shu kecha kunduzda 679 bola sportning 16 turi bo‘yicha shug‘ullanmoqda.

— Bunday turnirlar sportchi bolalarni toblaydi. Arena va raqibini his qilishga yordam beradi. Ayniqsa, respublika va xalqaro miqyosidagi musobaqalarga ruhiy ham jismoniy jihatdan yaxshi ishtirok etish uchun sportchilarda dastlabki ko‘nikmalarni shakillantirishga xizmat qiladi, — deydi kikboksing to‘garagi rahbari O‘rol Tursunov, — Sportga qadam qo‘yganiga bir oy ham bo‘lmagan kichik yoshdagi bolalarning ishtiroki meni juda quvontirdi. Kelajakda ulardan jahon chempionlari chiqishiga umid qilamiz.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga diplom va medallar taqdim etildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q