Murodjon Ahmadalievning yarim finaldagi raqibi ma’lum
O‘zining qiziqarli pallasiga kirib borayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida chorak final bahslari davom ettirilmoqda.
56 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Murodjon Ahmadaliev chorak finalda Butan mamlakatidan tashrif buyurgan Nima Dorjini ikkinchi raunddayoq taslim etdi va yarim finalga yo‘l oldi.
Ushbu bokschimiz yarim finalda janubiy koreyalik Yonhun Hanga qarshi jang qiladi. Ma’lumot o‘rnida, Janubiy Koreya vakili biroz avval yakuniga etgan chorak final jangida hindistonlik Simon Makaraveni mag‘lub etgan edi.
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.


Izohlar (0)