Muxlislar sensatsiya guvohi bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
Avstraliyaning Brisben shahrida erkaklar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi bir million dollar bo‘lgan xalqaro turnirda birinchi sensatsiya qayd etildi.
 
Nufuzli musobaqaga tashkilotchilar tomonidan maxsus taklifnoma - "wild card" orqali qo‘shilgan avstraliyalik Jordan Tompson bosh sovringa asosiy da’vogarlardan hisoblangan David Ferrerni musobaqadan siqarib yubordi.
 
Mezbon tennischi birinchi setda ispaniyalik raqibiga 4:6 hisobida yutqazgan bo‘lsa-da, qolganlarida 7:5, 7:5 hisobida ustun keldi va keyingi bosqichga chiqdi.
 
Hozirgacha o‘tkazilgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:
 
Key Nisikori (Yaponiya, 3) — Jared Donaldson (AQSh, Q) 4:6 6:4 6:3
 
Kayl Edmund (Buyuk Britaniya) — Lyuka Pui (Frantsiya, 6) 6:3 3:1 Rt
 
Stanislas Vavrinka (Shveytsariya, 2) — Viktor Troitski (Serbiya) 7:6 6:4
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!