
Nega Ronalduni CR7 deb atashadi?
CR7 – jahon sporti dunyosidagi eng taniqli taxalluslardan biri hisoblanadi, ammo ko‘pchilik bu nimani anglatishini va u qaerdan paydo bo‘lganini bilishmaydi. Quyida ushbu «laqab» ostida nima yashiringan, tahlil qilamiz.
Taxalluslar dunyo sporti olamida eng keng tarqalgan holat, ammo ulardan ba’zilari ko‘pchilik tomonidan tan olingan. Krishtianu Ronalduning CR7 si ham ana shu kamyob holatlarga kiradi.
Yashil maydonda javlon urgan bir qator buyuk futbolchilarni o‘ziga xos taxalluslari bilan futbol muxlislari juda yaxshi tanishadi. Masalan, Andres Inestani – «El Ilusionista», Zinedin Zidanni – Zizu, Gerd Myullerni - Der Bomber, braziliyalik Ronaldoni - O Fenomeno deb atashlari barchamizga tanish. Portugaliyalik futbolchining ham o‘ziga xos taxallusiga ega bo‘lishdan ajablanmaslik kerak.
«Yuventus» hujumchisi «Manchester Yunayted»dagi faoliyatidan beri CR7 nomi ostida dunyoga tanilgan. Xo‘sh, bu nimani anglatadi? Goal nashri bunga oydinlik kiritdi.
CR7 – nimani anglatadi?
CR7 taxallusi Ronalduning ismi-sharifi bosh harflari va uning sevimli raqamidan tarkib topgan kombinatsiya hisoblanadi.
«Sporting»dagi faoliyati mobaynida 28-raqamli libosda harakat qilgan Ronaldu «Manchester Yunayted»ga kelganidan keyin Ser Aleks Fergyussonning unga bo‘lgan ishonchi sabab 7-raqamga loyiq ko‘rildi. Kimsan Devid Bekxem, Jorj Best va Erik Kantona kabi buyuk futbolchilar kiygan libosga mos ko‘rilish o‘sha paytda katta jasorat va majburiyatni yuklardi.
U Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatida ham keyinchalik 7 raqamini meros qilib oldi. Biroq Luish Figuga tegishli raqam bo‘shaguncha Ronaldu 17 raqamni kiyib yurdi. Undan keyingi barcha klublarda u asosan 7-raqamli libosga egalik qilmoqda.
Biroq bu an’ana 2009-yilda «Real Madrid»ga kelganidan keyin buzildi. U klub afsonasi Raulga tegishli raqamni olgunicha bir yil 9-raqamda o‘ynadi.
Nega Ronalduni CR7 deb atashadi?
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Ronalduning ismi-sharifi bunga asos, ammo bundan tashqari bu nom marketing nuqtayi nazaridan ham ideal hisoblanadi.
Uning sponsori – Nike kompaniyasi boshqa bir Ronaldo bilan ancha katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Uning 1998-yilgi butsalari hamon sotuvlar reytingidan baland o‘rinni egallaydi.
Braziliyalikning ismi va u kiygan raqamdan ilxomlangan Mercurial nomli butsalarga 1998-yilgi Mundial yulduzining «R9» taxallusi tushirilgan.
Shu ma’noda, CR7 R9 taxallusining davomi hisoblanadi. Biroq portugaliyalikniki maqomi jihatidan yuksak marralarga erisha oldi.
CR7 brendi
CR7 – Krishtianu Ronalduning faqatgina taxallusi hisoblanmaydi. Bu uning jahondagi imidji ham hisoblanadi. Bu brend turli sanoatlardagi mahsulotlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Ronaldu «CR7 Cristiano Ronaldo» nomi ostida moda, kiyimlar butigida ancha mashhur. CR7 ichki kiyimlari esa anchagina mashhurlikka ham erishdi.
2013-yilda esa uning ona shahri Funchalda «CR7 muzeyi» ham ochildi. Portugaliyalik superyulduz shuningdek, mehmonxona biznesini ham yo‘lga qo‘ygan. UPestana Hotel Group bilan Pestana CR7 Hotels ni yo‘lga qo‘ygan.
Ayni vaqtda Madeyradagi Funchalda faoliyat olib borayotgan mehmonxona tizimi istiqbolda Nyu-York, Madrid va Marrakeshda ochishni rejalashtirmoqda.
Ajablanarlisi, CR7 brendini endi er sayyorasi qolib, galaktikalarga qo‘ygani hayron qoldirmay qo‘ymaydi. Galaktika Cosmos Redshift 7 yoki Galaxy CR7 deb ataladi.
Ko‘rib turganimizdek, CR7 faqatgina taxallus emas, ayni vaqtda u brend, sanoat mahsuloti va undan ham kattarog‘idir.
Fikrlar