Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Nigina Abduraimova yarim finalga chiqdi

Izohlar: 0

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, ayni kunlarda Gruziyaning Batumi shahrida ayollar o‘rtasidagi xalqaro turnir davom  etmoqda. Ushbu turnirda hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham ishtirok  etmoqda.

Kecha tennischimiz yakkalik bahslarida chorak final o‘yinini  o‘tkazdi. Yarim final uchun kechgan bahsda unga rossiyalik Polina Leykina raqiblik qildi.

1 soat 19 daqiqa davom etgan uchrashuvda Nigina 6:2, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.

Juftlik bahslarida rossiyalik Anastasiya Frolova bilan kurashga kirishgan Nigina yarim finalda mezbonlar vakilalari - Tatia Mikadze/Sofia Shapatova juftligiga qarshi kortga chiqdi. 49 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda gruziyalik tennischilar 6:2, 6:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q