Nigina va Sabina Namanganda to‘qnashdi
Namanganda xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirning juftlik bellashuvlari yarim finalida ikki eng kuchli tennischimiz - Sabina Sharipova hamda Nigina Abduraimova o‘zaro to‘qnash keldi.
Nigina Namanganda yolg‘iz qoldi
Nigina rossiyalik Kseniya Likina bilan birinchi raqamli duetni tashkil qilgan bo‘lsa, Sabina ukrainalik Valeriya Straxova bilan birga kortga chiqdi. Keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuvda Nigina va Kseniya raqiblari ustidan 7:6, 5:7, 10:8 hisobida zafar quchdi va finalga yo‘llanma oldi.
G‘olib tomon bosh sovrin uchun bo‘ladigan bellashuvda rossiyalik Olga Doroshina va Polina Monova bilan bellashadi.
Izohlar (0)