Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Odil Ahmedov bor joyda Ueyn Runi kerak emas

Izohlar: 0

"Manchester Yunayted"da har doim ham asosiy tarkibdan joy ola bilmayotgan Ueyn Runining Xitoy klublaridan o‘ta katta mablag‘ va’da qilingan takliflar olayotgani haqida juda ko‘p xabarlar tarqatildi. Bundan tashqari, Evropa klublari ham Ueyn Runiga qiziqayotgani aytilgan edi.

Shanxay futbol uyushmasi ushbu hudud sharafini hitmoya qilayotgan "Shanxay SIPG" va "Shanxay Shenxua" jamoalari o‘zlari uchun kerakli futbolchilarni transfer qilib bo‘lishgani va ularga "Manchester Yunayted" sardori kerakmasligini ta’kidlab, Runiga Shanxay klublaridan qiziqish bo‘lganini inkor etishdi.

- Xitoy Superligasida Shanxay sharafini himoya qiladigan jamoalar transfer ishlarini yopgan va ularda boshqa legionerlar uchun joy qolmagan, - deyiladi Shanxay futbol uyushmasi bayonotida. - Uyushmamiz rahbari yuqoridagi xabarlarni mish-mishdan boshqa narsa emasligini aytdi.

Xususan, "Shanxay SIPG" jamoasi yanvar oyidagi trasnferlar mavsumida legionerlardan O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov, "Chelsi"da to‘p surgan Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Oskarni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. O‘tgan yili bu klub braziliyalik mashhur futbolchi Xalk va uning hamyurti Elkesonni ham transfer qilgandi. Bu futbolchilardan tashqari Shanxayning bu jamoasi ro‘yxatida xorijlik charm to‘p ustalaridan ganalik mashhur to‘purar Asamoa Gyan, portugaliyalik himoyachi Rikardu Karvalyu, argentinalik Dario Konka va Janubiy Koreya vakili Kim Yu Yon ham bor.

"Shanxay Shenxua" jamoasi bu yilgi transferlar vaqtida mashhur futbolchilardan argentinalik Karlos Teves, paragvaylik Oskar Romeroni oldi. Shuningdek bu jamoa ro‘yxatida senegallik Demba Ba, nigeriyalik Obafemi Martins, kolumbiyalik Freddi Guarin, Dovanni Moreno, koreyalik Ki Xi Kim kabi taniqli futbolchilar bor.

Ayni paytda Shanxayning ikki klubi yangi mavsumga qizg‘in tayyorlanmoqda.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q