Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Odil bosh sovrinni ko‘zlamoqda

Izohlar: 0
Qozog‘istonning Aktobe shahrida tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro turnirda hamyurtimiz Odil Karimov g‘alabali odimlarini davom ettirmoqda.

Iste’dodli tennischimiz yakkalik bellashuvlarining dastlabki bosqichida rossiyalik Nikita Skibinskiyni 6:0, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Odil ikkinchi davrada mezbonlar vakili Sundet Nagimetov bilan raqobatlashdi. Bu bahsda o‘zbek tennischisi 7:6, 6:1 hisobida ustun keldi.

Endi Odil Karimov yarim finalga chiqish uchun rossiyalik Rail Ibragimov bilan o‘ynaydi.

Odil Karimov xalqaro turnirning juftlik bellashuvlarida rossiyalik Akshin Mextiev bilan yarim finalga chiqdi. Bu ikki tennischi chorak final bosqichida Rossiya vakillari - Alibek Kachmazov va Klim Kozirevni 6:2, 6:3 hisobida engdi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q