Ogqul Ispaniyada ham mag‘lub bo‘ldi, ham…

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, ayni kunlarda Ispaniyaning Segoviya shahrida ITF taqvimidan o‘rin olgan turnir davom etmoqda.

O‘zbekistonlik Oqgul Omonmurodova ushbu turnirning yakkalik bahslaridagi yurishini g‘alaba bilan boshlagani haqida xabar bergan edik. Kecha Oqgul ikkinchi davradagi o‘yinini o‘tkazdi. Hamyurtimizga xorvatiyalik Bibiana Shufs raqiblik qildi. 1 soat 46 daqiqa davom etgan bahsda Omonmurodova 3:6, 6:7 hisobida mag‘lub bo‘ldi va yakkalik bahslaridagi yurishini yakunladi.

Juftlik bellashuvlardia gruziyalik Sofiya Shapatova bilan juftlik hosil qilgan Oqgul kecha chorak finalda Dea Xerdzelas(Bosniya va Gertsogovina)/Papamixail Despina(Gretsiya) duetiga qarshi kortga chiqdi. 59 daqiqa davom etgan o‘yinda Oqgul va uning sherigi 6:2, 6:4 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, Omonmurodova kecha ham mag‘lub bo‘ldi, ham g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!