Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Opa-singil Sharipovalar kutilmaganda qoqildi

Izohlar: 0

Andijonda xotin-qizlar o‘rtasida boshlangan xalqaro turnirning juftlik bellashuvlarida ko‘pchilik muxlislar e’tibor opa-singil tennischilar - Sabina va Elina Sharipova ishtirokidagi o‘yinga qaratildi.

Iste’dodli tennischilarimiz dastlabki uchrashuvda Rossiya vakillari - Anastasiya Frolova hamda Alyona Tarasovaga qarshi kortga chiqib, kutilmaganda 2:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Turnirda birinchi raqamda saralangan Nigina Abduraimova va rossiyalik Kseniya Likina dueti esa hindistonlik Kira Shroff va Driti Tatachar Venugopalni 6:1, 6:7, 10:8 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Kamola Umarova va Polina Merenkova gruziyalik Mariam Bolkvadze va hindistonlik Karman Kaur Txandi ustidan 6:1, 6:4 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, ukrainalik Valeriya Straxova bilan birga o‘ynayotgan tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova rossiyalik Alina Silich va ukrainalik Olga Yanchukni 6:2, 6:1 hisobida engdi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q