Oqgul Turkiyada g‘alaba qozonmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiyada tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnir boshlandi.

 

Musobaqada yurtimiz sharafini Oqgul Omonmurodova hamda Sabina Sharipova himoya qilmoqda.

Xalqaro turnirning juftlik bellashuvlarida rossiyalik Aleksandr Panova bilan birga ikkinchi raqamli duetni tashkil qilgan Oqgul Omonmurodova dastlabki uchrashuvda Qirg‘iziston vakilasi Kseniya Palkina va ukrainalik Anastasiya Vasilevani 6:3, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Rossiyalik Ekaterina Yashina bilan birga o‘ynagan Sabina Sharipova esa turkiyalik Ipek O‘z va xorvatiyalik Ena Kaevichga imkoniyatni boy berib, bor e’tiborini yakkalik bellashuvlariga qaratadigan bo‘ldi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!