Oqgul ishonchni oqlay olmadi
Bahraynda tennis bo‘yicha Federatsiyalar kubogining Osiyo/Okeaniya mintaqasi saralash bahslari yarim finalida O‘zbekiston va Indoneziya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashmoqda.
Mazkur bahsda tennischilarimiz bugun g‘alaba qozonsa, 2019 yilgi mavsumda Osiyoning birinchi guruhda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar.
Musobaqaning yakkalik bahslari dastlabki uchrashuvida terma jamoa sardori Iroda To‘laganova tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodovani Aldida Sutiadiga qarshi kortga chiqardi.
Ular o‘rtasidagi uchrashuvda 6:2, 6:2 hisobi qayd etildi.
Birozdan so‘ng Sabina Sharipova hamda Biatris Gamulya o‘rtasidagi bahs boshlanadi.

Fikrlar