Osiyo o‘yinlari 5-kun. Bugun 5ta medalni qo‘lga kiritdik va o‘z o‘rnimizni saqlab qoldik (FOTO)

CHERY AUTO

Xabaringiz bor shu kunlarda Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida 18-Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun musobaqaning beshinchi kunida vakillarimiz 10ta sport turida kurashlarda ishtirok etishdi. Kunning birinchi qismida akademik eshkak eshuvchilarimiz medallar dastasini qo‘lga kiritishdi. Juftlik bahslarida Shahboz Holmurzaev va Shahboz Abdujabborovlar o‘z chiqishlarida marraga birinchi bo‘lib etib borishdi va oltin medalni terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘yishdi. So‘ngra Sardor To‘lqinxo‘jaev va Alisher Turdievlardan tashkil topgan boshqa bir juftligimiz medallar uchun startga chiqishdi va ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalga sazovor bo‘lishdi. To‘rtlik bahslarida ishtirok etgan sportchilarimiz esa (Islambek Mambetnazarov, Otamurod Rahimov, Shehroz Hakimov, Zafar Usmonov) bronza medalini sport delegatsiyamizga taqdim etishdi.

Keyinroq Taekvondo bo‘yicha -49kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan 17 yoshli sportchi qizimiz Madinabonu Mannopova musobaqa davomida Gonkong, Livan va Yaponiya vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, finalgacha etib bordi. Hal qiluvchi bahsda esa tailandlik Panipak Vongpattanakitga imkoniyatni boy berdi va yakunda kumush medal sohibasiga aylandi.

Sport gimnastikasida afsonaviy sportchimiz, 43 yoshli Oksana Chusovitina o‘zining sevimli uslubi hisoblangan tayanib sakrash mashqlarida ishtirok etdi va yakunda ikkinchi natijani qayd etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Umumiy hisobda sportchilarimiz bugun 1 ta oltin, 3ta kumush va 1ta bronza medallariga ega chiqishdi. Shunday qilib, o‘tgan besh kun natijalariga ko‘ra hozircha terma jamoamiz delegatsiyasi hisobida jami 19ta medal mavjud va ular umumjamoa hisobida o‘zlari egallab turgan 9-o‘rinni saqlab qolishdi.

medal5

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Давронбек Кодиров
23/08/2018 19:17
Осиё ўйинларида бокс борми? Бўлса нега хабарлар йўқ.
24/08/2018 08:23
bugun 24 avgust kuni ular bellashuvlaga kirishadi