O‘zbek tennischilari sovrin sari yurishni boshladi
Andijonda tennis bo‘yicha "Fyuchers" turkumiga kiruvchi xalqaro turnir boshlandi. Musobaqaning asosiy to‘rida ishtirok etayotgan tennischilarimizdan uch nafari dastlabki g‘alabasini nishonladi.
Birinchi raqamda saralangan Sanjar Fayziev birinchi davrada belaruslik Mikalai Xaliak bilan raqobatlashib, raqibini 6:3, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Yana ikki uchrashuvda O‘zbekiston tennischilari o‘zaro raqobatlashdi. Tajribali Shonig‘mat Shofayziev keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuvda Sharobiddin Abzalovni 2:6, 6:3, 6:4 hisobida engdi. Yosh tennischimiz Abror Isoqov jiddiy qarshilik ko‘rsatganiga qaramay Pavel Tsoyga 4:6, 6:4, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Musobaqaning birinchi davrasida yana etti nafar tennischimiz ishtirok etadi.
Izohlar (0)