“Paxtakor W” “Sevinch”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Mini futbol bo‘yicha XIII O‘zbekiston chempionati davom etmoqda. Bugun ham chempionat dastlabki bosqichining 1-tur doirasidagi 4ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Sevinch” Toshkentning “Paxtakor W” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ushbu bellashuvda “Sevinch” futbolchilari “Paxtakor W”ni 6:1 hisobida dog‘da qoldirishdi. Shunday qilib, qashqadaryoliklar ikkinchi uchrashuvda ham g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Jamoa ertaga dam oladi va 26 yanvar kuni “TATU” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 11:00da boshlanadi.
Mini futbol bo‘yicha XIII O‘zbekiston chempionati. Dastlabki bosqich, 1-tur
“Paxtakor W” (Toshkent) – “Sevinch” (Qarshi) 1:6 (1:4)
Toshkent sh., “Yoshlik” sport arenasi. 24.01.2017 yil
Hakamlar: Edita Mirobidova, Lyudmila Geyger, Aleksandra Konchikova, Anna Sidorova.
Gollar: Madina Voxidova, 5’-1:0 – Nilufar Qudratova (7’-1:1), Tanzilya Zarbieva, (13’ 1:2), Malika Burxonova (15′-1:3, 18’-1:4, 27’-1:6), Shoira Qulto‘raeva (23’-1:5).
“Paxtakor W”: 26.Jibek Mirzabekova, 10.Dinara Tagirova, 1.Dilorom Tulanova, Gulmira Devyatova, 19.Zuhro Muhammadjonova, 4.Mirana Kosnikova, 28.Umida Hatamova, 7.Madina Hikmatova, 17.Madina Voxidova, 21.Madina Tursunova, 8.Roziyaxon Asqarova, 24.Kamola Erkinova, 22.Gulruh Xo‘jaeva, 35.Ekaterina Noskova.
“Sevinch”: 1.Laylo Tilavova, 12.Matluba Abdirasulova, 8.Kamola Riskieva (s), 11.Shaxzoda Jamolova, 10.Ilvina Ablyakimova, 17.Tanzilya Zarbieva, 27.Shodiya Tosheva, 25.Maftuna Shoimova, 37.Malika Burxonova, 77.Nilufar Qudratova, 7.Shoira Qulto‘raeva, 20.Maftuna Panjieva, 18.Sevara Normurodova, Shaxnoza Qurbanova.
Bugungi uchrashuvlar quyidagi natijalar bilan yakunlandi:
“Yuz rabot” – “Baxmal” 4:3
“Alanga S” – “TATU” 0:11
“Oq qo‘rg‘on” – “Sho‘rtan Lady” 0:9
Dam olish: “Qirq qiz” (Nukus)
Ertaga 25 yanvar kuni bo‘ladigan uchrashuvlar anonsi:
“Sho‘rtan Lady” – “Baxmal”
“TATU” – “Yuz rabot”
“Alanga S” – “Oq qo‘rg‘on”
“Qirq qiz” – “Paxtakor W”
Dam olish: “Sevinch”

Fikrlar