
«Penaldo» yohud «Real»ga etishmayotgan Ronaldu
Evropa chempionligini himoya qilishda barcha davrlarning eng yaxshi to‘purarisiz qiyin bo‘lishini «Real Madrid» hozirda boshidan kechirmoqda va ham ichki chempionat, ham Chempionlar Ligasida o‘ziga munosib o‘rinlarda borayotgani yo‘q.
«Qirollik klubi» o‘tgan yili ham mana shunday bosqichda qolib ketgan edi. Ammo bu yilgisi o‘tgan mavsumdagidan farqli emasmi? Nega Xulen Lopetegini ketishi oydinlashib bormoqda? Nega mavsum startida klubga ishonch qolmadi?
O‘tgan mavsum boshida Zinedin Zidan ungacha ikki marta Chempionlar Ligasini va bir marta La Ligani yutgani tufayli klub muxlislari va Florentino Peresning to‘liq ishonchiga suyangan edi.
Garchi o‘tgan yili ham xuddi shu vaqtda ular qiyinchiliklar girdobiga tushib qolgandi, ammo «Real» bahorda yana o‘ziga qayta kelib olishi va navbatdagi Chempionlar Ligasini yutishiga qandaydir ishonch bor edi.
Bu esa amalda isbotlangandi. Mavsum startini qo‘rqinchili tarzda boshlaganlariga qaramay yakunda Loris Kariusning no‘noqligi va Garet Beylning Kievdagi fantastik o‘yini evaziga jamoa mavsumni 13 marta Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritish bilan yakunlagandi.
Klub o‘tgan yili mavjud muammolarga ahamiyat bermadi va alohida futbolchilarning individual mahoratlari evaziga bundan chiqib ketgandi.
Biroq klub o‘tgan mavsumda ham «Valensiya», «Levante», «Betis», «Jirona» va «Tottenxem» kabi jamoalarga qarshi omadsiz o‘ynaganini unutmaslik kerak. O‘shanda ham Zidanning ketishi, La Liga chempionligi himoya qilinishi ertaroq yakunlangani haqida gapirilgandi.
Ayni vaqtda esa Lopetegi na muxlislarning, na Peresning ishonchiga suyana oladi. U so‘nggi yutuqlarini takrorlay olmayapti, futbolchilar bilan munosabatlari yaxshi bo‘lsada, barchasi uzoq kelajakda iziga tushib ketishini aytishdan charchamayapti.
Bu qiyindek, chunki uning qo‘li ostida Krishtianu Ronaldu yo‘q!
O‘tgan mavsum startida tarkibda Ronalduning yo‘qligi nimalaga olib kelishini ko‘rdik. Ispaniya Superkubogida «Barselona»ga qarshi o‘yinda o‘zini qo‘pol tarzda tutgan portugaliyalik futbolchi to‘rt uchrashuvga diskvalifikatsiya qilingandi.
Usiz madridliklar muhim ochkolar yo‘qotgandi. Mohir to‘purarisiz ishlar murakkablashib ketishini his qilishgandi. Zidan va «Real»ning baxtiga Ronaldu Chempionlar Ligasida chaqnay olgandi.
«Uembli»dan «Tottenxem»ga qarshi kechgan o‘yindan tashqari Ronaldu Evropada hech qanday muammolarga duch kelmadi.
U vaqtni quvib o‘tdi va «Borussiya Dortmund», «PSJ» va ayniqsa «Yuventus»ga qarshi muhim gollarni kiritdi. «Real»ning muhim o‘yinlardagi strategiyasi Ramosning raqib hujumini to‘xtatishi, Ronalduning esa gollar urishidan iborat bo‘ldi.
Lopetegi esa Zidandan qolgan mana shunday strategiyadan voz kechdi. Klub to‘p nazoratini yaxshi ushlamoqda, biroq ularda hujumlarni yakunlaydigan birorta mard topilmayapti.
Bu vazifani avvaliga Karim Benzema, Garet Beyl va Marko Asensionlar yaxshi bajara oladigandek taassurot uyg‘otgandi. Biroq keyinchalik barchasi sarob ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Ronalduni faoliyati davomida faqat penaltidan yoki judayam oddiy gollar urishi bilan ayblab kelishdi. Biroq o‘sha oddiy gollar jamoasiga chempionatda EChLda oxirigacha kurashishiga yordam berdi. Agarda gol urish shunchalik oson bo‘lganida nega «Real» hozirda gol urishda muammoga duch kelmoqda?
Ronalduning raqib jarima maydonchasi yaqinida harakatlanishi va payt poylab o‘z imkoniyatini ishga solishi uning muhim jihati edi.
«Qaymoqranglilar» esa o‘sha «kafolat»ni sotishga qaror qildi. 33 yoshni urib qo‘ygan futbolchining transfer narxi esa odamni shoshirib qo‘yadi.
Mana yana «El Klassiko» yaqinlashib kelmoqda va klub bosh murabbiyining taqdiri derbi natijasiga bog‘liq bo‘lib qolgan. O‘tgan mavsumda madridliklar derbining birortasida ham g‘alaba qozona olmagandi. Ular etakchi murabbiy va yulduz hujumchiga juda o‘rganib qolishgandi. Endi ularning o‘rnini to‘ldirish ancha qiyin bo‘ladi.
Fikrlar