
Pogba MYu uchun qanchalar muhim?
Transfer bozorida Pol Pogbaning kelajagi borasidagi gap-so‘zlar hecham tinmayapti. “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi o‘tgan oyda o‘zining ikkinchi Mundialini yutib olgan Frantsiya termasida muhim figuraga aylandi va o‘tgan dushanba kuni “qizil iblislar” safiga keldi. Kecha esa “Lester”ga qarshi uchrashuvda premer Liganing yangi mavsumdagi ilk golisha muallifilik qildi.
25 yoshli futbolchi haqidagi mish-mishlar Joze Mourinoni tashvishlantirmoqda. Chunki “Barselona” yarim himoyachi uchun jiddiy qiziqish bildirmoqda. Garchi, portugaliyalik murabbiy qishki transfer bozorigacha hotirjam bo‘lsada, qishda bu mavzu yana bir marta ko‘tarilishi aniq.
Pogbaning raqiblaridan o‘tib ketishi va jamoadoshlariga uzatmalar bera olishi Rossiyada bo‘lib o‘tgan musobaqada Dide Deshamning eng ishongan shogirdiga aylandi. Uning ko‘rsatgan o‘yini Ngolo Kante va Blez Matyuidilarni ham ortda qoldirdi.
Xo‘sh, “Barselona” unga 133 million funt to‘lay oladimi?
Pogba Angliyaga ko‘chib o‘tganida 89 million funtga baholangan yarim himoyachi dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylangandi. Biroq Neymarning “PSJ”ga aql bovar qilmas narxga o‘tishi suvning oqishini teskariga aylantirib yubordi. Filippe Koutino kabi yarim himoyachilarning narxi 145 million funtga baholanmoqda. Mbappe va Dembele kabi iqtidorli yoshlar ham qariyb shuncha narxga baholanmoqda.
Xo‘sh, MYuning eng qimmat transferi qanchalik muhim? Uning hozirgi transfer qiymati nemis sayti transfermarkt ga ko‘ra 90 million evro (81 million funt). Vaholanki shu yilning yanvarida CIES Football Observatory tadqiqot guruhi uni 147.5 million evro deya baholagandi. Bunda uning yoshi, pozitsiyasi, shartnomasi muddati, ko‘rsatkichlari, xalqaro maqomi kabi bir necha faktorlar inobatga olingan edi.
Aytish joizki, Pogba o‘yinida ba’zi ko‘rsatkichlarni yaxshilashga erishgan. Frantsiyalik yarim himoyachi o‘tgan mavsumda havodan uzatilgan uzatmalar bo‘yicha klub peshqadamiga aylangan. Yanada muhim jihat shuki 555 daqiqa o‘ynaganiga qaramay, 5 gol va 4 golli uzatmaga erishgan 2016-17-yilgi mavsumdagidan ko‘ra, o‘tgan mavsumda ancha o‘sishga erishdi.
Brend nuqtai nazaridan esa Pogba ancha mustahkam. “Pogba mashhur futbolchi. U futbol bozori orzusi hisoblanadi. U 200 million funtdan ham qimmat.”
Aleks bu raqamlar katta, ammo Jahon Chempionatidagi natijasi unga bu darajaga erishishida muhim ahamiyat kasb etdi, degan fikrda.
“Agarda Frantsiyada guruh bosqichidayoq o‘z ishtirokini to‘xtatganida biz siz bilan bularni gaplashib o‘tirmagan bo‘lardik. Ammo u endigina Mundialni yutdi va Frantsiyaning musobaqadagi eng muhim futbolchisi bo‘ldi. Shu sababli u +100 million funtdan qimmat turadi.”
Pogba agarda klubni tark etsa, uning o‘rnini kim to‘ldiradi?
Albatta bu holat kamida qishki transfer bozorigacha yuz bermaydi. “Barselona” uni qishda yana bir bor o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi. O‘rinbosar sifatida ko‘rilgan Mateo Kovachich esa “Chelsi”ga o‘tdi.
Biroq qishda unga asosiy o‘rinbosar bo‘la oladigan futbolchi bu – Sergey Milinkovich-Saviya. 23 yoshli futbolchi Serbiya safida Nemanya Matich bilan birga o‘ynash tajribasiga ega. Texnikasi yuqori bo‘lgan Milinkovich-Savich moslashuvchan va ikkala oyog‘ida birday uzatmalarni etkaza oladi.
Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi.
Fikrlar